Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirus karantini doirasida qisqa vaqt ichida 3 ta poliklinika quriladi
21.03.2020 10:39,  
718

20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament qo‘yi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbayeva nutq so‘zladi.

– Davlatimiz o‘z taraqqiyoti yo‘lida jadal rivojlanayotgan bir paytda pandemiya tabiiy holatda O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi, – deydi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva. –  Biz, parlament a’zolari, xalqimiz har daqiqada ushbu kasallikning kechishi to‘g‘risida, umuman olganda, uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, odamlarning kayfiyatiga qanday ta’sir etayotganini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib turibmiz. 

So‘nggi uch yilda ko‘plab islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, yillar mobaynida barcha sohalar, xususan, ijtimoiy sohalarda muammolar yetarlicha to‘planib qolganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Ayniqsa, sanitariya-epidemiologiya xizmati to‘g‘risida nafaqat qonunchilikni takomillashtirish, balki hukumatimiz tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Bunga davlat rahbari ham urg‘u berib, ushbu tizim yillar davomida e’tibordan chetda qolganligi, kadrlar salohiyati yetarli darajada emasligi, moddiy-texnika bazasi o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan, hozirda nafaqat sanitariya-epidemiologiya xizmati, balki sog‘liqni saqlash tizimini tubdan qayta isloh qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

Kecha Prezidentimiz videoselektorda alohida qayd etdilarki, shu qisqa vaqt ichida poytaxtimizda uchta shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi. Albatta, bu muassasalar karantinga qabul qilish uchun qilinayotgan bo‘lsa-da, keyinchalik boshqa tibbiy maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан