Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash vaqtida 13 fohisha ushlandi
21.03.2020 11:19,  
11944

Toshkent shahar IIBB xodimlari 20 martga o‘tar kechasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

«Spa-salonlar, tungi klublar, diskotekalarda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu muassasalarning rahbarlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq tushuntirib berildi», — deyiladi IIBB axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 13 nafar qiz aniqlangan.

«E’tiborli tomoni, ularning bir necha nafari muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan», — deya ta’kidlanadi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 19 mart kuni mamlakatda massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.

Ushbu yangilik yuzasidan bayonot berarkan, Davlat soliq qo‘mitasi «tadbirkorlik sub’yektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishni» so‘ragan, aholiga «karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni» tavsiya qilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 21 mart soat 11:15 holati bo‘yicha 37 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан