Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirus yuqtirganlar soni birdan o‘sgani kuzatildi
14.03.2021 10:50,  
911

Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yil 13 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80567 (+86) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Toshkent viloyatida,
77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, rasmiy raqamlarga ko‘ra keyingi ikki kunda O‘zbekistonda koronavirus yuqtiruvchilar soni o‘sdi. 12 mart kuni 89 bemor aniqlangan bo‘lsa, 11 mart kuni 45 bemorda virus qayd etilgan edi. Bir kunda bemorlar soni ikki barobar oshgan. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 703 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан