Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. SSV buni e’lon qilmadi
17.03.2021 08:20,  
740

Bugun, 16 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiya ishtirokchilari qarshisida ma’ruza qilgan.

Mutaxassis keltilgan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtning uchta tumanida karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yodoshish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgani haqida xabar berildi. Ushbu ma’lumotlar orasida bir fakt e’tiborimizni tortdi, deb yozadi "namanganliklar" kanali.

Malika Qudratxo‘jayevaning qayd etishicha, 2021 yilning 5 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni janoza paytida mazkur ta’lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini xavfga qo‘ygan.

E’tiborlisi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni, tuzalganlar va vafot etganlar haqida kunlik statistika e’lon qilib turadigan Sog‘liqni saqlash vazirligi mart oyida birorta o‘lim holati haqida ma’lumot bermagan!

SSV statistikasida koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqidagi ma’lumot so‘nggi marta bir oy muqaddam — 10 fevralda berilgan. O‘shanda kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga yetgani qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан