Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi
4.07.2020 15:48,  
435

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 1 iyul kuni Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o‘ta og‘ir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemorga Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Joriy yilning 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 30 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 9500 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6251 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан