Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana bir bemor koronavirusning o‘ta og‘ir kechishidan vafot etdi
29.07.2020 09:51,  
234

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 52 yoshli O.T. (erkak)da  joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxssislari tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан