Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda kuyov yo‘lini to‘sgan qaynanasini itarib yuborib, qaynatasini pichoqladi
10.03.2021 11:36,  
480

Toshkent shahar Bektemir tumanida kuyov shar’iy nikohdan o‘tib, yashirincha yashab kelgan ayolining otasini pichoqladi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yigit K.I. D.H. turmushidan ajrashgan, bir nafar farzandi borligiga qaramay, u bilan shar’iy nikohdan o‘tib, yashirincha yashay boshlagan. Ta’kidlashicha, bundan faqat D.H.ning ota-onasi xabardor bo‘lgan. 2017 yilning 17 oktyabr kuni ota-onasining qistovi bilan M. ismli qizga qonunan uylangan. Shundan so‘ng K.I. ikkisi bilan ham yashay boshlagan. 2019 yilning dekabrida M. qiz farzand, 2020 yilning fevralida D.H. o‘g‘il farzand ko‘rgan. 2020 yilning mart–aprel oylarida D.H. bilan o‘rtasida tushunmovchiliklar avjiga chiqib, tez-tez janjal bo‘lib turgan.

Oqibatda D.H. arazlab, qarindoshlarining uyiga ketib qoladigan odat chiqargan. K.I. 2020 yilning 24 iyul kuni turmush o‘rtog‘i D.H.ni yo‘qotib qo‘ygan. Qo‘ng‘iroq qilganida Nurafshon shahrida yashovchi xolasining uyida ekanligini ma’lum qilgan. K.I. uning gaplariga ishonmay, xiyonatda gumon qilgan. O‘sha voqea sodir bo‘lgan kuni uning uyiga borib, eshik yopiqligi uchun devor orqali hovliga sakrab tushgan. Yo‘lini qaynanasi G. H. to‘sganida uni tirsagi bilan turtib yuborgan. Shu payt yo‘lidan qaynatasi S.H.chiqib, bor kuchi bilan uning yoqasidan tortgan. Bundan jahl chiqqan K.I. cho‘ntagida bo‘lgan suvenir ochilib-yopiluvchi (finka) pichoqni to‘rt-besh marotaba unga sanchgan.

Holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3‑qismi «a» bandi bilan aybli, deb topilgan. Unga shu moddaga asosan Jinoyat kodeksining 57‑moddasini qo‘llagan (Yengilroq jazo tayinlash) holda 5  yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан