Toshkentda kvartiralar narxi 3 foizga qimmatlashdi

Toshkentda kvartiralar narxi 3 foizga qimmatlashdi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari fevral oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 558 dan 575 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda "Gazeta.uz" nashri ma’lum qildi.

Qishning so‘nggi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 3 foizga oshib, 627 sh. b. ga (yanvarda — 608 sh. b.) yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi ham 3 foizga qimmatlab, 547 sh. b. ga ko‘tarildi (531).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 567 sh. b. (+2 foiz), ikki xonali — 560 (+3 foiz), uch xonali — 560 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 560 (+3 foiz).