Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 18 yoshli qizga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda
17.02.2020 20:32,  
1850

Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 fevral, shanba kuni, soat 12:00 lar atrofida Chilonzor tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, leytenant Sohib Yusupovga 4-uy boshlig‘i Albina Xarisova murojaat qilgan.

Albina Xarisova o‘z murojaatida shu uyda yashovchi 18 yoshli L.S.ning onasining so‘zlariga asoslanib, yuz bergan holat haqida ma’lum qilgan.

Ko‘p qavatli uyning liftida noma’lum shaxs 18 yoshli qizga hujum qilgan. Qiz baqirganida u qo‘rqib, qochib ketgan.

Profilaktika inspektori L.S. bilan birga kuzatuv kamerasidagi tasvirlarni ko‘zdan kechirgan hamda gumonlanuvchining suratini chiqarib olgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi shaxsning surati Chilonzor tumanidagi barcha ichki ishlar bo‘linmalariga yuborilgan.

Hozirda gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va uni hibsga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Agar gumonlanuvchi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz,  71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Gumonlanuvchi taxminan 25-35 yoshlarda, bo‘yi 170-180 santimetr atrofida, sochlari qora rangda», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан