Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Litva ta’lim dasturlari asosida bilim beruvchi maktab ochiladi
26.02.2020 20:29,  
102

26 fevral kuni poytaxt hokimligida Litva Respublikasining spikeri muovini Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonov mehmonlarga Toshkentda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, poytaxtning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi.

Mehmonlar Vilnyusning axborot texnologiyalarini qo‘llash, smartfon orqali to‘lov qilish mumkin bo‘lgan pullik avtoturargohlar, plastik buyumlarni utilizatsiya qilish va shahar bayramlarini tashkillashtirish borasidagi yutuqlari haqida aytib o‘tdilar.

Bitiruvchilarining Yevropa oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini oshirish uchun Toshkentda O‘zbekiston ta’lim talablari bilan bir qatorda Litva ta’lim dasturlari asosida bilim beruvchi maktabni ochish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turizm va madaniy almashinuvga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан