Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan gen dermatozlarini davolash bo‘limi ochildi
11.10.2021 18:21,  
84

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi bu gen dermatozlarini davolash bo‘limi irsiy teri kasalliklari, xususan, bullyozli epidermoliz va ixtiozni tashxislash va davolash uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda bullyozli epidermoliz kasalligining 300 dan ortiq holati qayd etilgan bo‘lib, kasallik terida bo‘lgan yaralar bilan ajralib turadi. Yaralarni doimo maxsus bog‘lov vositalari bilan qoplash va qayta zararlanishdan himoyalash kerak. Bullyozli epidermolizga ega insonlarni “kapalaklar” deb atashadi, chunki ularning nozik terisi kapalak qanoti bilan taqqoslanadi. 

Ixtioz bilan kasallanganlar ancha ko‘proq – ular 1900 nafardan ortiq. Ixtiozga ega bemorlarning terisi namlikni saqlab turolmaydi va doim maxsus vositalar yordamiga muhtoj. Terining tashqi ko‘rinishi baliq tangachalariga o‘xshagani tufayli, bemorlarni “baliqchalar” deb atashadi.

Bunga qadar O‘zbekistonda noyob genetik dermatozlarni davolash amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi yo‘q edi. Kasallikning jiddiy holatlarida bemorlar chet elga davolanish va jarrohlik amaliyotini amalga oshirish uchun yuborilardi.

Yaqin fursatlarda davolash bo‘limida Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan bemorlar ham tibbiy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан