Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Nevrologiya markazi quriladi
12.02.2021 10:15,  
142

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning JICA tashkiloti konsultantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari G‘ofir Jamolov, Sharof Rahmonov hamda hokimlik tizimidagi boshqarmalar mutasaddilari ishtirok etdilar.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Yaponiya mamlakatlari o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Tibbiyot sohasidagi hamkorlik ham uzoq yillardan buyon samarali davom etmoqda. Shu yo‘nalishda yana bir investitsion loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosida Toshkentda zamonaviy va yuqori texnologik Nevrologiya markazi quriladi.

Rejaga ko‘ra, Nevrologiya markazi 250 o‘ringa ega bo‘ladi hamda uning negizida kunu tun faoliyat yurituvchi poliklinika tashkil etiladi.

O‘zaro muloqot davomida yaponiyalik konsultantlar mazkur markaz uchun ajratiladigan hudud, undagi infratuzilma, kommunikatsiyalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ushbu markaz qurilishi nihoyatda dolzarbligi va bu loyihaning amalga oshirilishi nevrolik xastaliklarni o‘z vaqtida, samarali davolashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан