Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Markaziy Osiyolik talabalar uchun mo‘ljallangan universitet tashkil etiladi
14.09.2019 19:15,  
114

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxon universiteti filiali ish boshlaydi. Birinchi bosqichda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

- Hamshiralik ishi;
- Xalqaro turizm menejmenti;
- Yangi to‘qimachilik materiallari texnologiyasi.

Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qo‘shni davlatlar, xususan Markaziy Osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан