Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda mashina yukxonasidan andijonlik taksichining jasadi topildi
11.01.2022 10:25,  
618

Aniqlanishicha, 8 yanvar kuni Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 1991 yilda tug‘ilgan farzandi M.Otaxonovni topishda amaliy yordam so‘ragan.

M.Otaxonov “Kobalt” rusumli avtomashinasida “Andijon-Toshkent” yo‘nalishida qatnab, aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelgan.

M.Otaxonov 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11.650 AQSh dollarini Toshkent shahridagi tanishiga olib borib berish uchun olgan hamda notanish bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchilar birga o‘z avtomashinasida Toshkent shahri yo‘nalishida ketib, bedarak yo‘qolgan.

M.Otaxonovni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi avtoturargohda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo‘qon shahar hududidan ushlangan va tergovga jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан