Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Matiz yo‘l chetida turgan uch nafar piyodani urib yuborib, ag‘darildi
27.10.2021 18:39,  
240

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Toshkentda Matiz haydovchisi piyodalarni urib yuborgani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 oktyabr kuni soat 21:23 larda Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasi «Afsona» binosi qarshisida J.M. ismli 38 yoshli haydovchi Matiz rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborgan va ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida uch nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан