Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik fuqaro qamoqqa olingan
12.01.2022 12:33,  
413

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

 2020 yil 15 yanvarda Ukraina fuqarosi M.M, Toshkentda “Golden Cash story” MChJ xorijiy korxonasini ta’sis etgan. 

Korxonaning asosiy faoliyati ulgurji savdo amalga oshirish bo‘lsa-da, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot-tashviqot uyushtirib, ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investitsiya tariqasida kiritganlarga haftasiga 2,3%, yiliga 40% dan 262% gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan. Natijada minglab fuqarolardan 100 AQSh dollaridan 10.000 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qo‘lga kiritishgan. 

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumondorlarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Jabrlanganlar asosan Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlaridan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан