Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Mustaqillik kunidan keyin ikki mingdan ortiq bayroq yo‘qoldi
4.09.2019 18:35,  
44

Mustaqillik kunidan so‘ng Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan ikki mingdan ortiq bayroq yo‘qoldi. Bu haqda poytaxt hokimligi vakili xabar qildi.

1 sentyabr kuni O‘zbekistonda Mustaqillikning 28 yilligi keng nishonlandi. Bu yil bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oldi.

Bayram kunlari ayrim shaxslar poytaxt yo‘llarida o‘rnatilgan bayroqlarni yechib olishi tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday “vatanparvarlik” haqida salbiy fikrlarni bildirishdi.

“Haqiqatda, 1 sentyabrdan 2 sentyabrga o‘tar kechasi xizmatlarimiz ikki mingdan ortiq O‘zbekiston bayroqlarining hisobiga yetmadi”, - dedi hokimlik vakili.

Hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, bayram oldidan Toshkent ko‘chalarida jami 6852 dona davlat bayroqlari o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 2037 donasi yo‘qoldi. Har bir bayroqning narxi 70 ming so‘mni tashkil qiladi.

“Fuqarolarni poytaxtni bezatadigan davlat mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqiramiz”, - deb qo‘shimcha qilindi hokimlikda.l

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан