Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda narkotik sotuvchi onlayn do‘kon reklamalari paydo bo‘ldi (foto)
21.11.2019 20:18,  
7695

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning bir necha shaharlarida narkotik sotuvchi onlayn do‘konni targ‘ib qilgan yashirin bannerlar o‘rnatildi. Bu e’londagi QR-kod ustiga bosilganda sintetik narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt ochilgan.

Bunday banner va bilbordlar Almati, Chimkent, Qaraganda, Ust-Kamenogorsk, Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Bishkek va O‘sh shaharlarida mavjudligi aniqlandi.

Almatidagi banner. @Vlast.kz

Bugun ushbu bannerda surati tasvirlangan toshkentlik taniqli instabloger Shahzoda Salimjonova giyohvand moddalar reklamasiga bilmasdan aralashib qolgani haqida xabar qilgan edik.

Giyohvand moddalar reklamasi to‘g‘risidagi xabar 20 oktyabrda tarqalgan. Hozirda reklamani qo‘ygan sayt yopilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi bannerlar olib tashlangan.

Bishkek hokimiyatidagilar reklamalarning qonunlarga mos kelishini nazorat qilish Davlat Monopoliyaga qarshi kurash agetligi zimmasida ekanligi va bu o‘zlarining mas’uliyatiga kirmasligini qayd etishgan.

Bishkekdagi banner olib tashlanmoqda. @Vb.kg

Qirg‘iziston IIV Narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash xizmati ushbu e’lonning o‘rnatilishi yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Reyters axborot agentligining Toshkentdagi muxbiri Muhammadsharif Mamatqulov Feysbukdagi sahifasida Toshkentda ham narkotik sotuvchi onlayn do‘kon reklamalari paydo bo‘lganini yozdi va suratlarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi onlayn do‘kon reklamasi. @Muhammadsharif Mamatqulov

"Men buni suratga olgandan keyin Ichki ishlarga telefon qilib, Toshkentda ham shunday reklama katta yo‘lning o‘rtasida turgani haqida ogohlantirdim va shuning ortidan tushuntirish xati yozdim", deydi jurnalist.

Toshkentdagi bannerlar olib tashlangani va jinoiy ish ochilgani haqida hali ma’lumot mavjud emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан