Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda "Neksiya" yo‘lovchisi yonidan 3,5 kilodan ortiq marixuana chiqdi
19.10.2017 17:56,  
5

Bektemir tumanida joylashgan "Bektemir" YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan kinologiya xizmat iti ishtirokida "Neksiya" rusumli mashina to‘xtatilib tekshirildi.

Uning yo‘lovchisi Baxtiyor Agzamovning yonida og‘irligi 3 kilogramm 656,4 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан