Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Nexia’ning gaz balloni portladi. Uning atrofidagi 4 ta avtomobil shikastlangan
26.01.2021 03:36,  
387

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia avtomobilining gaz balloni portlab ketdi, deb xabar berdi YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 25 yanvar kuni soat 16:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘z 2 dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, 1985 yilda tug‘ilgan J.K. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Portlash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan Nexia-3, Spark va ikkita Matiz rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Portlash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан