Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda niqoblangan kishilar bosqinchilik sodir etdi
5.12.2019 11:57,  
1162

21 noyabr, payshanba kuni soat 01:10 atrofida 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Chilonzor tumani, 18-mavzedagi MChJga qarashli dorixonaga kirib, sotuvchi X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16 500 000 so‘m va kassadagi 1 500 000 so‘mni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан