Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlash boshlandi
23.07.2019 20:14,  
24

22 iyuldan boshlab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashadi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar beradi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq (“Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi”), yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi ushlab turiladi. Qancha muddatga? Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar. Bu haqda  jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yozma ko‘rsatma beradi.

Shuningdek, Toshkent hududida 20 ta va shaharga kirish/chiqish YPX postlarida qarzdorlarni avtomatik tarzda aniqlovchi “Avtokon” komplekslari ishlamoqda.

YHQ buzilganlik uchun solingan jarimani o‘z vaqtida to‘lashni so‘raymiz. Vaqtida to‘lanmagan jarimangiz bo‘lsa va siz oilangiz bilan shahar tashqarisiga dam olish uchun ketayotgan bo‘lsangiz, sizni to‘xtatib, avtomobilingizni jarima maydonchasiga joylashtirishadi, deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан