Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol ushlandi
14.09.2020 10:53,  
343

Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ikki ayol aniqlanib, ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 4 sentyabr kuni o‘tkazilayotgan qidiruv tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari, 46-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab, joriy yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan 31 yoshli Ye.B. (ayol) viloyat IIBB 1- mintaqaviy hudud PPX xodimlari safdor O.Normetov va serjant A.A’zamovlar tomonidan aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, 10 sentyabr kuni o‘tkazilgan qidiruv tadbir natijasida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga tayinlangan jazoni o‘tashdan bosh tortib yurgan qidiruvdagi 25 yoshli N.M. (ayol) Chilonzor tumanida ekanligi aniqlanib ushlandi.

Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi uchun hududiy IIBlarga topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан