Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda omborxona mudiri 116 million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi
3.07.2020 17:30,  
365

Toshkent shahar Mirobod tumani Yangizamon ko‘chasida joylashgan MChJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R. korxona mulkini bir necha marta o‘g‘irlagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u korxona tomonidan 2019 yil 01 oktyabr kunidan 2020 yilning 01 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, rangli metall – «Latun» dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116.801.993,5 so‘mlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda o‘g‘irlab, ularni sotib pullarni o‘z ehtiyojiga sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.R., ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandida (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha jami zararning 90.000.000 so‘mi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан