Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘qdan yaralangan it topildi
4.03.2021 08:36,  
320

Toshkentning Uchtepa tumanida quroldan otilgan o‘qdan yaralangan it topildi. Ariqdan chiqmoqchi bo‘lgan yarador itni shahar fuqarosi payqagan. Uni mashina urib yubordi, degan taxmin bilan fuqaro hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Volontyorlarning sa’y-harakatlari bilan it veterinariya klinikasiga olib borilgan, bu vaqtda uning ahvoli keskin yomonlashgan. Shifokorlar rentgen suratlari yordamida hayvonga o‘qotar qurol bilan o‘q uzilganini aniqlagan. O‘q kuchukning to‘qimalarida joylashgan bo‘lib, hozirda jonivorga intensiv terapiya o‘kazilmoqda.

Itga Milli deb nom berishgan. Volontyorlar kuratori kuchukni davolash maqsadida xayriya mablag‘i uchun yig‘im e’lon qildi.

Hayvonlarni himoya qilish jamiyati ushbu voqea yoki hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlariga guvoh bo‘lganlardan «Mehr va oqibat»ning 93−812−04−13 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан