Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ota-ona 5 yoshli qizini o‘ldirib, murdasini o‘choqda yoqib yuborishdi
6.11.2019 10:52,  
3892

Toshkent shahar prokuraturasining ma’lum qilishicha, shu yilning 4 noyabr kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizi D.K.ni Bektemir tumanida joylashgan “Compass” savdo majmuasida yo‘qotib qo‘yganligi haqida ma’lum qildi. Toshkent shahar prokuraturasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, qizchani topishga qaratilgan tadbirlarga zudlik bilan kirishildi.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan A.V. va uning eri M.F.ning ko‘rsatmalari shubha ostiga olinib, qidiruv tadbirlariga qaramasdan farzandi bir kun mobaynida topilmaganligi sababli, u qotillik jinoyati qurboni bo‘lganligi tusmoli asosida darhol Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25.10.2019 yil kechasi soat 03:00 lar atrofida er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, farzandini urib, do‘pposlab, qasddan o‘ldirganlar.

So‘ngra sodir etilgan jinoyatlarini yashirish va jazodan qutulish maqsadida, murdani yo‘qotish payiga tushganlar. Uni yo‘l sumkasiga joylashtirib, shu kuni tongda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi ijaraga olingan dala hovliga olib borishgan. Murda o‘choqda yoqilib, so‘ng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Shundan keyin, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chalg‘itish va asl holatni yashirish maqsadida, farzandi bedarak yo‘qolib qolganligini “sahnalashtirganlar”.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida D.K.ning murda suyaklari topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha A.V. va M.F.lar qasddan odam o‘ldirishda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi. Tergov harakatlar davom ettirilmoqda, natijasiga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан