Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ovqatdan zaharlanganlar soni 40 nafarga yetdi. 3 nafarining ahvoli og‘ir
7.06.2019 15:15,  
30

Bugun, 7 iyun soat 14:00 ga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 29 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8 nafar, shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi», «O‘tkir ichak kasalligi» va «O‘tkir diareya» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Ayni paytda shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etildi. Mazkur shifoxonalar va uning bo‘limlari zarur dori-darmonlar, infuzion eritmalar, bir marta ishlatiladigan shprits va sistemalar bilan yetarli miqdorda ta’minlangan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasiga ko‘ra, bemorlarning 16 nafari o‘z kasalliklarini Mirobod tumani «Qo‘yliq-5» massivida joylashgan, 19 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida, 3 nafari Uchtepa tumanida, 1 nafari Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozori hududida, 1 nafari Olmazor tumanida joylashgan «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni va yana bir nafar fuqaro buyurtma asosida keltirilgan mahsulotni o‘z xonadonida iste’mol qilgani bilan bog‘lashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 4 iyun kuni 15 kishi ovqatdan zaharlangan. Ular buni "Oqtepa lavash"ning tovuqli sendvichi bilan bog‘lagan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda ekani ma’lum qilingandi.

Mazkur holat bo‘yicha ovqatlanish shahobchasida qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish uchun Toshkent shahar DSENM tomonidan 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma’lumotnoma ko‘rib chiqish va xulosa olish uchun berilgan.

Sergelidagi zaharlanishdan so‘ng "Oqtepa lavash" bemorlarga yordam berishni boshladi. Muassasa rahbariyati zaharlangan bemorlar ahvolidan xabar olish uchun kasalxonaga borgan, hamda keltirilgan ma’naviy zarar va davolanish xarajatlarini qoplagan. Bu haqda "Oqtepa lavash"ning Feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.

“Bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq o‘zimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish”, – deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан