Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirgan o‘g‘il qamaldi
7.09.2021 12:20,  
505

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol o‘z o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi joriy yilning 16 mart kuni soat 02:00 da xonadonida o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan. 

So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib ko‘yadi.

Shundan so‘ng, qotil 17 mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qiladi. Tekshiruvlar natijasida, jasad qotillik alomatlari bidan topilgan.

Qayd etilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashgan ayol begona erkaklar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelgan.

Jinoyatchiga nisbatan JKning 97-modasi 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан