Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘z qizi va nabirasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan 87 yoshli onaxonga himoya orderi berildi
17.05.2021 13:28,  
266

Toshkentda 87 yoshli onasini ayovsiz kaltaklagan qizi va nabirasiga Toshkent shahar IIBB tomonidan keksa ayolga badan shikastlari yetkazilgani bilan bog‘liq fakt bo‘yicha chora ko‘rilgani, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi “a” bandi (ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha,   3-son ichki ishlar bo‘limida jabrlanuvchining qizi 57 yoshli Saodat G. va nabirasi 32 yoshli Sevara G.lar ishtirokida mazur holat muhokamasi o‘tkazilgan. Muhokama davomida jabrlanuvchining qizi va nabirasi badan shikastlariga aloqadorliklarini inkor etib, Toza G.ning o‘zi bir necha bor yiqilganini aytishgan. Barcha tafsilotlar IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilib chiqilgach, keksa ayolga himoya orderi berishga qaror qilingan. Uning qizi va nabirasi esa mazkur hujjat qoidalarini buzish oqibati haqida ogohlantirilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан