Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda o‘zi bilan bita, kastet, pichoq, bolta, chiviq, pistolet olib yuruvchi shaxslar aniqlandi
10.06.2020 09:27,  
393

Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida so‘ngi paytda sodir bo‘lgan hodisalar tufayli, “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB xodimlari Milliy gvardiya xizmatchilari bilan hamkorlikda, o‘zlari bilan bita, kastet, pichoq va boshqa kesuvchi va sanchadigan buyumlarni olib yuradigan shaxslarni aniqlash bo‘yicha profilaktik ishlar olib bormoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati. 

Barcha pichoqlar juda yaxshi charxlangan bo‘lib, ularning aksariyati maishiy ehtiyojlarga mo‘ljallanmagan. Bundan tashqari, shu uch kun ichida 20 ta metall tayoq, chiviqlar (qulaylik uchun ularning tutqichi izolenta bilan o‘ralgan), professional va qo‘lbola bitalar, kastetlar va boshqa insonga zarar yetkazish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan buyumlar topildi.  

Yil boshidan 5 oy ichida jami 4 548 ta pichoqlar va boshqa sanchadigan va kesuvchi buyumlar, 20 tadan oshiq bitalar va 50 dan ziyod kastet va boshqa buyumlar topilgan.

"Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Yaqinlaringizga tushuntiring: pichoq olib yurish ko‘pincha baxtsiz hodisalarga olib keladi. Arzimas kelishmovchilik vaqtida ham sababsiz shaxslar pichoq, bita, kastet va boshqa buyumlarni ishga solishadi. Natijada bir kishi shifoxonaga, ikkinchisi – sudlanuvchilar kursisiga tushadi. O‘ylab ko‘ring: sizga pichoq olib yurishning nima keragi bor? O‘zingizni himoya qilish uchunmi? Kimdan himoya qilish uchun? Axir siz shuncha “qotillik qurollari”ni olib yurib, atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaysizmi?", deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 9-modddasiga binoan:

O‘zbekiston Respublikasi hududida kasbiy yoki sport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni (beysbol bitalarini (chillaklarini), softbol o‘yini uchun bitalarni (chillaklarni), pichoqlarni, shu jumladan terini ajratib oladigan (shilib oladigan) pichoqlarni hamda sopol, plastmassa va boshqa nometall materiallardan yasalgan pichoqlarni jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан