Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 16 yoshga to‘lmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilmoqchi bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi
10.10.2019 13:40,  
2493

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, “Telegram”da maktab o‘quvchilarining ota-onalari ulashgan xabarlar yuzasidan chora ko‘rilgan.

Maktab o‘quvchilarining ota-onalari, ular huzurida o‘quvchilarning o‘zi va mahalliy aholi so‘roq qilingan va gumon qilinuvchi qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qo‘lga olingan. O‘quvchi qizlardan biri uni tanib olgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB “Telegram”da maktab o‘quvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан