Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda piyodalar o‘limi bilan bog‘liq statistika e’lon qilindi
8.12.2021 20:55,  
41

Toshkent shahrida 2021 yilning 1 yanvaridan 30 noyabrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida piyodalar ishtirokida 524 yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yanvar—noyabr oylarida poytaxtda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 32 kishi olgan tan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan. Yana 487 kishiga turli og‘irlikdagi badan shikastlari yetgan.

«Bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lmaydi: ba’zida piyodaning o‘zi belgilangan qoidalarni buzib, yo‘lda kutilmagan omilga aylanmoqda», — deyiladi IIBB xabarida.

Qayd etilishicha, 2021 yil 11 oyi davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 ming 861 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан