Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “Poker” o‘yinini tashkil etgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
22.06.2020 22:51,  
197

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlariga poytaxtning Yashnobod tumanidagi bilyard klubida qimor o‘yinlari tashkil etilayotgani haqida xabar kelib tushdi. Tekshiruv natijasida ma’lumot tasdiqlandi.

Mazkur klub ko‘zdan kechirilganda 52 yoshli rahbar Bahrom A. Qimor o‘yinlari uchun binoda alohida xona ajratgani ma’lum bo‘lib, bu tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tizimli ravishda o‘tkazilishidan dalolat qilar edi.

Klubga Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv bilan kelganlarida u yerda poker o‘ynovchi 6 kishi va klub ishchilaridan uch kishi – 48 yoshli Mirzohid I., 24 yoshli Davlatbek D. va muqaddam sudlangan 25 yoshli Timur J.lar bor edi.

Ashyoviy dalillar sifatida 2.700 AQSh dollari, 6.000.000 so‘m va “Poker” o‘yini uchun toshlar bor edi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278 -moddasi (“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан