Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yarim kechasi PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi
23.04.2020 08:37,  
2584

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li kesishmasida ikki nafar ayolni ko‘rganlarida soat tungi ikki atrofida edi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ayollardan biri homilador bo‘lgan.

“Holatni tushuntirishning keragi yo‘q: ayol zudlik bilan tug‘ruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar bo‘lajak onani va uning qaynonasini mashinaga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishdi.

3-son shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (avvalgi “Ona va bola” markazi) oz masofa qolganda ayolni to‘lg‘oq tutdi.

Shu onda safdor S. Murodov va B. Toshpo‘latovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish soatlari qo‘shilgani uchun shukr qildilar. Tez orada PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi. Baxtiyor buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishdi”, - deyiladi xabarda.

Yosh ona va go‘dak shifokorlarga topshirilgan.

Tibbiyot xodimlari ona va uning o‘g‘lining holatini o‘rganib, xodimlarga ularning ahvoli qoniqarli ekanini, bolaning vazni 3100 gr. ekanini aytishgan.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан