Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Prezident universiteti ochiladi
1.03.2019 20:05,  
10

Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

Davlat rahbariga ko‘ra, hozirda tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, yangi o‘quv yurti uchun hudud tanlanmoqda.

— Prezident maktablarini boshlab oldik, endi navbat universitetga. Bu maktablarga qabul adolatli bo‘lishi uchun chet elliklar taklif etiladi. Zehni va o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lsa, oddiy odamning bolasi ham albatta o‘qiydi, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev respublikadagi har bir tumanda raqamli texnologiyalar, har bir maktabda esa kompyuter o‘yinlari markazlari ochilishini bildirdi.

—Uy olib bersak eskiradi, kiyim olib bersak to‘ziydi. Biroq bolalarga berilgan bilim na eskiydi, na to‘ziydi. Shuning uchun ularning ilm olishiga birinchi galda e’tibor qaratish zarur, — ta’kidladi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан