Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda qiymati 130 million dollarlik Bolalar milliy tibbiyot markazi ochildi
21.05.2020 04:36,  
666

Toshkentning Yashnobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni ushbu muassasani borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar qildi.

Qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan mazkur markaz Koreya Respublikasi ko‘magida, “Baum” korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etildi. Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.

To‘rt qavatli davolash korpusi 280 ta o‘ringa ega, poliklinikada kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilinadi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi.

Jarrohlik amaliyoti uskunalariga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa shifoxonalar va oliy ta’lim muassasalari operatsiyalarni onlayn tarzda ko‘rib turishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar orqali  masofaviy tibbiy ko‘riklar hamda konsiliumlar tashkil etiladi, davolashning ta’sirchan usullari muhokama qilinadi.

- Bu markaz - milliy boyligimiz. Bu yerda bolalarni malakali davolash bilan birga zamonaviy telemeditsina texnologiyalari asosida mamlakatimiz hududlarida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni tashkillashtirish kerak, - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан