Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda qizlar janjali aks etgan video tarqaldi
30.09.2021 14:43,  
902

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qizlarning o‘zaro janjali aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni soat taxminan 17.30larda voyaga yetmagan, 2004 yilda tug‘ilgan Shahrizoda Ya. tanishlari bilan Chilonzor tumanidagi «Bunyodkor» stadioni oldidagi avtoturargohda uchrashib, 2004 yilda tug‘ilgan Ruxshona B. uni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilgani uchun munosabatlarni hal qilib olmoqchi bo‘lgan.

Og‘zaki tortishuv o‘zaro janjalga aylanib ketgan va Shahrizoda Ya. tanishi Ruxshona B.ni urgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

«Hurmatli ota-onalar! So‘nggi kunlarda voyaga yetmaganlar ko‘chada uchrashib, munosabatlarni hal qilib olmoqchi bo‘layotganligi, bunday mojarolar janjalga aylanib ketayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Farzand tarbiyasiga ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar mas’ul ekanligini unutmang. Agarda siz, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlaringizni bajarmasangiz O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkin», deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан