Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «QR-online» universal tezkor to‘lov xizmati ishga tushirildi
2.03.2020 10:54,  
190

O‘zbekiston Respublikasida raqamli bankingni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda QR-kod orqali (“Quick Response Code” — tezkor aniqlanadigan kod) tezkor to‘lovni amalga oshirishning “QR-online” standartlashtirilgan va universal xizmati ishga tushirildi.

Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur tizim doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari (xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar) o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali QR-kodni shakllantirib, ro‘yxatdan o‘tkazadilar. Xaridorlar tomonidan mobil ilova dasturlari vositasida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining QR-kodlarini skaner qilish (“o‘qish”) hamda xarid summasini kiritish orqali to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda pul mablag‘lari mobil ilovaga biriktirilgan bank kartalari hisob varaqlari va elektron pul hamyonlardan hisobdan chiqariladi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari “QR-online” tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisob varaqlariga kirim qilinadigan mablag‘larni “Telegram” tarmog‘idagi “@onlineqrbot” kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin. Mazkur tizim mavjud muqobil to‘lov xizmatlaridan farqli o‘laroq, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi bilan uzviy bog‘liqlikda ishlaydi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda ushbu tizimni Toshkent shahrida tatbiq etish doirasida tijorat banklari tomonidan 3 mingdan ortiq xo‘jalik sub’yektlarining savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari ularga tegishli “QR-online” tizimi stikerlari bilan ta’minlandi.

To‘lov xizmatlari bozorida “QR-online” tizimining ishga tushirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, Markaziy bankning asosiy strategik maqsadli yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан