Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda qurilayotgan 3 qavatli ko‘prik mart oyida ochiladi (video)
11.03.2020 09:56,  
818

Toshkent shahridagi Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan uch qavatli ko‘prikning qurilish ishlarini 17 martga yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: Uch qavatli ko‘prik qurilishi sabab Toshkentdagi yana bir yo‘l vaqtincha yopildi

Ikki tumanni bir-biriga bog‘laydigan va shu hududdagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun qurilayotgan ko‘prik va tunnelning umumiy loyiha qiymati 140 milliard so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida bitta tunnel, ikkita yo‘l o‘tkazgich, bitta halqasimon yo‘l va bitta ko‘prik qurildi.

 

Ayni paytda ob’yektda qurilish ishlari to‘liq yakunlangan, pardozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Davron Hidoyatovning ma’lum qilishicha, barcha obodonlashtirish va pardoz ishlari 17 mart kuni yakuniga yetadi hamda yo‘lning barcha qismi harakatlanish uchun ochiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан