Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda "quvib o‘tish qoidasini bilmaydigan IIO xodimi" ga chora ko‘rildi
5.12.2021 21:01,  
255

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi xizmat mashinasida qoidani buzib harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Qayd etilishicha, ushbu videodagi harakatlar o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan haydovchiga chora ko‘rildi.

"Nahotki patrul avtomobilini boshqarib ketayotgan IIO xodimi quvib o‘tish qoidasini bilmasa?" sarlavhali video mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganilib, "Lasetti" rusumli, 01 769VSC davlat raqam belgili avtomobilda qoidalarni chetlab o‘tgan haydovchi Sh.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi",-deya ma’lum qiladi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi.

Shu o‘rinda boshqarma barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘ramoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан