Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda rekord natija — 140 nafar bemor, jumladan 84 yoshli onaxon sog‘aydi
5.06.2020 17:08,  
302

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida  22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Koronavirusga qarshi fidoyilik bilan kurashayotgan shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli bugunning o‘zida  Toshkent shahridan bir yo‘la 140 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lib, shu paytgacha kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani  yanada quvonarli voqea bo‘ldi. 

Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1374 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 516 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3227 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан