Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda serjant, 30 yoshli IIO xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi
15.09.2021 09:21,  
1195

Toshkentda serjant, 30 yoshli IIO xodimi O‘rmonov Dilmurod Bo‘taboyevich (xizmat vazifasini bajarish chog‘ida) bevaqt vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod O‘rmonov, haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan Sh.A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi “Lacyetti” avtomashinasiga to‘xtash ishorasini beradi. Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va 1991 yilda tug‘ilgan Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori, serjant Dilmurod O‘rmonovni urib yuborib YTH sodir etadi.

Natijada, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay serjant Dilmurod O‘rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada bugun 14 sentyabr kuni vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан