Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda shlagbaumdan «qochgan» «Nexia» boshqa mashinani ag‘darib yubordi
11.01.2021 15:02,  
202

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:35larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi «Lokomotiv» parki yonida «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli Ershod K. kutilmagan manyovr sababli 32 yoshli O‘rinboy T. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTHdan oldin ikkala haydovchi ham temir yo‘l svetoforining taqiqlovchi ishorasini va tushirilayotgan shlagbaumni ko‘ra turib, to‘xtash choralarini ko‘rishmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra ikkala haydovchi ham hushyor holda bo‘lishgan. Voqea sababli hech kim tan jarohati olmagan.Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchilarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida:
Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, temir yo‘l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda;
shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida; 
kesishmadan keyin hosil bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga majbur bo‘ladigan hollarda;
agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан