Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda soliq xodimi xotinini yotqizib, tepkilaganiga munosabat bildirildi
6.11.2021 18:54,  
323

Toshkent shahrida soliq xodimi xotinini yerga yotqizib, tepkilagani haqida xabar berilgandi. Davlat soliq qo‘mitasi xabar yuzasidan ichki xizmat tekshiruvi olib borayotganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, davlat soliq xizmati organlari tizimida xodimlarning kasbiy faoliyati bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy xulq-atvoriga nisbatan ham qat’iy tartib o‘rnatilgan. Soliq xizmati organlarida zo‘ravonlikning har qanday shakli, shu jumladan, oilaviy zo‘ravonlik keskin qoralanishi aytilgan. Gender tengligi va barcha xodimlarning teng huquqliligi prinsipiga qat’iy amal qilinishi ochiqlangan.

Voqea 2021 yil boshida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan shu kunga qadar fuqaro tomonidan davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilinmagan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ham ma’lumot kelib tushmagan. Agar voqea haqida o‘z vaqtida xabar qilinganda holat tezkorlik bilan o‘rganilib, tegishli munosabat bildirilgan bo‘lishi qayd etilgan.

Shuningdek, hozirda xabarda keltirilgan holat bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi boshlangan bo‘lib, uning yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi aytilgan. Voqelikka bevosita aloqador bo‘lmagan kasbiy faoliyatni sarlavha hamda matnlarda alohida urg‘u berib ko‘rsatish o‘rinsizligi va bu davlat soliq xizmati organlari xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, obro‘siga putur yetkazishi aytilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан