Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda soxta IIB xodimi ushlandi
7.11.2021 22:33,  
279

Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanida soxta IIB xodimi ushlandi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Bildirilishicha, 5 noyabr kuni soat 20:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodim R.Tilepov Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, IIO xizmat kiyimini kiyib olgan, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi T.G‘. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

O‘zaro muloqot davomida haydovchi o‘zining xatti-harakatlari bilan YPX xodimi R.Tilepovda shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng tekshiruvlar natijasida fuqaro T.G‘. Ichki ishlar idorlarining hech qaysi tizimida xizmat qilmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.G‘. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан