Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda soxta qadimiy tangalarni salkam 57 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
11.02.2021 09:10,  
124

Toshkent shahri Chilonzor tumanida fuqaroga muqaddam asl oltin tangani noqonuniy o‘tkazib, keyin ularning nusxalarini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro G.M. fuqaro N. va M.ning ishonchiga kirib, ularga rangli metall ko‘rinishidagi 4 dona tangani go‘yoki 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy qadimiy tanga sifatida baholab, 56,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, G.M. muqaddam N.ga 1 dona rangli metall tangani qadimiy tanga sifatida baholab 14,1 million so‘mga sotganligi aniqlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5 dona tanganing 1 tasi 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy oltin tanga ekanligini, qolganlari uning nusxasi ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан