Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda taksi bilan poyga o‘ynagan avtobus haydovchisi jazolandi
5.03.2020 15:18,  
741

Joriy yilning 21 fevral kuni 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 130 yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘nalishli taksi transport vositasi bilan poyga o‘ynagan.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchining avtobusni to‘xtatishdagi keskin harakati natijasida yo‘lovchi R.K yiqilib, jarohatlangan. Ushbu ko‘ngilsiz voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqardi.

Hozirda avtobus haydovchisi yo‘lovchi olib yurish tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan YHXB tomonidan bayonnoma tuzildi. Undan tashqari oylik maoshi hisobidan jarimaga ham tortildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yo‘nalishda chiptachi bo‘lib ishlovchi K.F harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti iste’mol qilgani uchun oylik maoshidan jarima to‘lashi ma’lum qilindi.

“Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilardan jamoat transporti, xususan, avtobuslarda ko‘ngilsiz holatlar va voqealarga guvoh bo‘lsa, bu haqda 1062 ishonch telefoniga xabar berishini so‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан