Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda talabalar 60.000 AQSh dollariga teng avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketishdi
19.05.2021 08:28,  
328

15 may kuni X.Dilnoza taxminan 1 yil davom etgan o‘g‘rilik harakati yuzasidan "102"ga xabar bergan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha,  2020 yilning taxminan may oyidan 2021 yilning 15 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar Yunusobod tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. 

Ular umumiy narxi 60.000 AQSh dollari bo‘lgan Koreya davlatida ishlab chiqarilgan “Chevrolet” rusumli avtomashinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan.

Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar 19 yoshli A.Zafarjon va 18 yoshli X.Abdulazizlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomashina ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagiTergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Zafarjon va X.Abdulazizlar protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан