Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda teleserial suratga olish jarayonida aktyorlar janjallashib ketdi
28.08.2021 12:17,  
638

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi” deb nomlangan videotasvir tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, joriy yilning 26 avgust kuni taxminan soat 16.00 larda Chilonzor tumani “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldida xususiy kinokompaniya tomonidan teleserialni tasvirga olish ishlari olib borilayotgan edi.

Suratga olish jarayonida aktyorlar o‘zaro gap talashib tortishib qolishgan va janjallashib ketishgan. Og‘zaki janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан