Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda to‘lanmagan jarimalari sabab qidiruvda bo‘lgan Nexia haydovchisi YPXdan qochayotganida inspektor va piyodani urib yubordi
1.10.2021 21:29,  
178

Toshkentda ta’qibdan qochishga uringan haydovchi piyoda va YPX xodimini urib yubordi. U atrofdagi piyoda va haydovchilarga xavf tug‘dirgan holda bir necha bor qoidabuzarlik sodir etgan, shuningdek, to‘xtatilganidan keyin ham janjal ko‘targan, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘chalarning birida fuqarolar va YPX xodimlari o‘rtasida katta janjal sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 sentyabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari xizmat davomida qidiruvda bo‘lgan (ko‘plab to‘lanmagan jarimalari tufayli qidiruvga berilgan) Nexia-2 avtomobilini ko‘rib qolib, unga jezl va hushtak yordamida to‘xtash haqida ishora bergan. Ammo haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan.

Holat haqida ma’lumot ratsiya orqali boshqa xodimlarga yetkazilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX 4-bataloni 2-mobil guruhi komandiri mayor Rustam Ismoilov va YPX inspektori katta serjant Atabek Ismailov Lacetti xizmat avtomobilida qoidabuzar ortidan yo‘lga chiqqan. Haydovchi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgani sabab uni majburan to‘xtatishga qaror qilingan.

Bunyodkor va Qatortol ko‘chalari kesishmasida xodimlarning sa’y-harakatlari bilan Nexia-2 avtomobili majburan to‘xtatilgan. YPX xodimi avtomobilidan chiqishini kutgan Nexia haydovchisi yana harakatni boshlab, mayor Rustam Ismoilovni urib yuborgan va yo‘l harakati qoidalarini buzib, piyoda va boshqa transportlar uchun xavf tug‘dirgan, shuningdek, piyodalardan birini turtib ketgan. Tez orada Toshkent shahar IIBB xodimlari qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan va boshqa og‘irroq yo‘l-transport hodisasining oldi olingan.

To‘xtatilgan avtomobilning yo‘lovchilari bo‘lgan bir nechta ayol chiqib, YPX inspektorlari bilan janjal ko‘targan.

Haydovchi qashqadaryolik 24 yoshli Temur Ch. va uning yo‘lovchilari – 21 yoshli Shahzoda Ch., 39 yoshli Rayhon M., 44 yoshli Barnogul M. va 45 yoshli Bog‘dagul M. Chilonzor tumani IIIO FMBga yetkazilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijalari bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан